Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan psixologik uchrashuv

Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan psixologik uchrashuv

Filologiya fakultetining 1-kurs talabalari bilan talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli ko‘nikishlari hamda ta’lim jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik qiyinchiliklarning oldini olish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda psixolog R. Xo‘shboqov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi. Suhbat davomida talabalik davrining o‘ziga xos jihatlari, ta’lim jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni to‘g‘ri yengib o‘tish hamda vaqtni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga ruhiy barqarorlikni saqlash, stress va turli xil hissiy zo‘riqishlarning oldini olish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Rasmiy sahifalarimiz: @Dtpi_uz @Dtpi_yoshlari

Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan psixologik uchrashuv

Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan psixologik uchrashuv

Filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan psixologik uchrashuv

Manba: t.me/dtpi_uz/59847

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish