Filologiya fakulteti bitiruvchilari bilan bandlik masalalari bo‘yicha uchrashuv

Filologiya fakulteti bitiruvchilari bilan bandlik masalalari bo‘yicha uchrashuv

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakultetida bitiruvchi kurs talabalari bilan bandlik masalalari, yoshlarni kelajakda munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularga amaliy ko‘mak berish maqsadida institut Karyera markazi tashabbusi bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, ayniqsa, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash borasidagi topshiriqlari ijrosi doirasida tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir.

Filologiya fakultetida jami 346 nafar bitiruvchi talaba mavjud bo‘lib, ularning 28 nafari o‘zini o‘zi band qilgan, 40 nafari ikki yoshgacha farzandi borligi sababli onalik ta’tilida, 3 nafari nogironligi bo‘lgan talabalar hisoblanadi.

Tadbir yakunida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

Filologiya fakulteti bitiruvchilari bilan bandlik masalalari bo‘yicha uchrashuv

Filologiya fakulteti bitiruvchilari bilan bandlik masalalari bo‘yicha uchrashuv

Manba: t.me/dtpi_uz/56426

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish