Filologiya fakultetida “OITS – 21-asr vabosi” mavzusida tadbir
1-dekabr — OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi. Yig‘ilish xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova, dekan maslahatchisi N.Nabiyeva hamda fakultet tyutorlari hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirga soha bo‘yicha malakali tibbiyot xodimlari va mutaxassislar taklif etilib, ular OITS (VICH/ OIV) haqida quyidagi muhim jihatlar yuzasidan ma’lumot berishdi:
kasallikning kelib chiqish sabablari va yuqish yo‘llari;
erta tashxis va davolanishning hayotiy ahamiyati;
noto‘g‘ri tushunchalar va afsonalarni rad etuvchi ilmiy faktlar;
yoshlar uchun profilaktika, ehtiyot choralar va sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir OITS bo‘yicha xabardorlikni oshirish va kasallikka qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.
DTPI Matbuot xizmati


Manba: t.me/dtpi_uz/48559