Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

Har yili 25 noyabrdan 10 dekabrgacha dunyo bo‘ylab «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» mavzusida targ‘ibotlar olib boriladi.

“Taskin” xotin-qizlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoya qilish axborot markazi xodimlari BMT ning aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Ta’lim, karyera va oila: barchasini uyg‘unlashtirsa bo‘ladimi?” mavzusida talaba yigitlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazdi. Studentlarning oila va karyeradagi o‘zaro mas’uliyati haqida xabardorligi oshirildi.

Talabalarga yosh erkaklarning oila yumushlarini ayollari bilan hamjihatlikda taqsimlash va turmush o‘rtoqlarining ta’lim-kasbiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati tushuntirildi. Ular professional o‘sish va oilaviy hayot muvozanati haqida konstruktiv muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.

DTPI Matbuot xizmati

Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik

Manba: t.me/dtpi_uz/48521

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish