“Germaniyada kasbiy ta’lim” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2025-yil 25-sentabr kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Germaniyada kasbiy ta’lim” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbir avvalida mehmonlar ro‘yxatga olinib, tanishuv va ko‘rgazma tashkil etildi. Institut rektori Oybek Ruziyev kirish so‘zi bilan ishtirokchilarga murojaat qildi. Asosiy ma’ruzani professor, PhD. Muhayyo Mirzayeva taqdim etib, Germaniyada kasbiy ta’lim tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi. Anjumanda talabalar, texnikum rahbarlari va a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ekspertlari ishtirok etdilar.
Ushbu anjuman yoshlar, mutaxassislar va xalqaro hamkorlar uchun o‘zaro tajriba almashish hamda kasbiy ta’limni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti xalqaro hamkorlik va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi faoliyatini davom ettiradi.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/44594