“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida talabalar orasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash hamda “Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat oyliklari” doirasida "Oktyabr — Sog‘lom turmush tarzi oyligi” munosabati bilan “Giyohvandlik — asr vabosi” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani o‘rinbosari A. Ibragimov, institut profilaktika inspektori S.Suvonova, hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari P.Normamatova, tyutorlar ishtirok etib, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga, to‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga da’vat etdilar.

Shuningdek, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, oilaviy hayotga tayyorgarlik va sog‘lomlashtirish dasturlarining ahamiyati haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

DTPI Matbuot xizmati

“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

“Giyohvandlik — asr vabosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Manba: t.me/dtpi_uz/45165

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish