Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha talabalar bilan profilaktik uchrashuv

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha talabalar bilan profilaktik uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Institut profilaktika katta inspektori O.Toshtemirov, giyohvandlikning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalarni yoritib berdi.

Undan tashqari IIV tomonidan "Mening inspektorim" ilovasiga har bir fuqaro ulanishligi va ilovani foydali jihatlari ham tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida yoshlarda huquqiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni zararli illatlardan ogoh etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha talabalar bilan profilaktik uchrashuv

Manba: t.me/dtpi_uz/49996

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish