Giyohvandlikka qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida yoshlar orasida narkotik moddalarning tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Ma’rifat soati mashg‘ulotlari doirasida yoshlar orasida narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik munosabati bilan fakultet tyutorlari tomonidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bugun fakultet tyutori I.Xayrullayev o‘ziga biriktirilgan 16T-26 hamda 14SI-26 guruhlari talabalari ishtirokida giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy tarqalishining oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmonining mazmun-mohiyati, uning asosiy maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, giyohvandlikning inson salomatligi, jamiyat va yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda hushyorlik va mas’uliyatning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Sog‘lom avlod — yurt kelajagi! Yoshlarni giyohvandlik kabi zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etadi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Giyohvandlikka qarshi kurashish — barchamizning burchimiz

Manba: t.me/dtpi_uz/61694

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish