Giyohvandlikning oldini olish (PF-207) bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbir

Giyohvandlikning oldini olish (PF-207) bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda birinchi prorektor A. Mengliboyev, Shimoliy mintaqaviy hudud boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Sh. Shodiyev, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i A. Yakubov hamda tuman narkolog vrachi I. Radjabovlar ishtirok etib, giyohvandlikning salbiy oqibatlari va unga qarshi kurashish bo‘yicha dolzarb masalalarni yoritib berdilar.

Tadbir davomida yoshlarda huquqiy ongni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularni zararli illatlardan ogoh etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

DTPI Matbuot xizmati

Giyohvandlikning oldini olish (PF-207) bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbir

Giyohvandlikning oldini olish (PF-207) bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbir

Giyohvandlikning oldini olish (PF-207) bo‘yicha talabalar bilan profilaktik tadbir

Manba: t.me/dtpi_uz/48739

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish