Hind o‘quv markazida ITEC dasturi imkoniyatlari taqdim etildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “India Study Room” — Hind o‘quv markazida Hindistonning ITEC (Indian Technical and Economic Cooperation) dasturi imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston elchixonasining иkkinchi kotibi (ITEC) Devender Singh talabalar va professor-o‘qituvchilarga:
Hindistondagi malaka oshirish kurslari;
grant dasturlari;
qisqa muddatli treninglar;
xalqaro sertifikat dasturlari;
akademik almashinuv imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda Hindistonda ta’lim va malaka oshirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.






Manba: dtpi.uz