Hindiston delegatsiyasining Hind o‘quv markaziga tashrifi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga tashrif buyurgan Hindiston delegatsiyasi institut huzuridagi Hind va RIM o‘quv markazi faoliyati hamda unda olib borilayotgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuv ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan sohasida amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.



Manba: t.me/dtpi_uz/52292