Ilg‘or xorijiy OTMlar tajribasini ommalashtirish yuzasidan mahorat darsi
Xabaringiz borki, Rossiya oliygohlari orasidan eng yaqin hamkorlarimizdan bo‘lgan N. Dobrolyubov nomli Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti bilan 2024-yil 18-20 dekabr kunlari xalqaro qo‘shma ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Mazkur anjumanda “Rus tili va adabiyoti” kafedrasining uch nafar professor-o‘qituvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashib, konferensiya doirasida tashkil etilgan ilmiy stajirovkada bo‘lib kelishgan edi.
Bugun ana shu tashrif natijalariga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSs) S. N. Allayarova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi dotsent v/b, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J. Choriyev, O. Mirzaqulov, G. Nazarovalar so‘zga chiqib, hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar, ilmiy-amaliy anjuman tafsilotlari va stajirovka jarayonida o‘zlashtirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni taqdimot qildilar. Shuningdek, yangi hamkorlardan bo‘lgan Lobachevskiy Universiteti, Minin nomli pedagogika universitetlari bilan tuzilgan hamkorlik Memorandumlari va istiqbollari haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.
DTPI Matbuot xizmati



Manba: t.me/dtpi_uz/32235