“Ilm-fanda qizlar: imkoniyatlar va mas’uliyat” davra suhbati
Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi, t.f.f.d. (PhD) P. Normamatova tashabbusi bilan “Ilm-fanda qizlar: imkoniyatlar va mas’uliyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-qizlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda kelajak kasbiy faoliyatiga mas’uliyat bilan yondashishga undashdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbatida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibalari M.Jo‘raqulova va A.Usmonovalar ishtirok etib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar, ayniqsa qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladilar. Grantlar, stipendiyalar, xorijiy dasturlar va ilmiy loyihalar yoshlarning kelajagini mustahkamlashga xizmat qilishi, buning uchun o‘z ustida ishlashini qayd etdilar.
Shuningdek, ular talaba-qizlarni o‘ziga ishonishga, mehnatdan to‘xtamaslikka va orzular sari dadil intilishga chorladi.

Manba: t.me/dtpi_uz/51138