“Ilmli ayol – kuchli jamiyat” ta’lim forumi o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xotin-qizlarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash va jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan “Ilmli ayol – kuchli jamiyat” ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda xotin-qizlar uchun yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari, grantlar, imtiyozlar hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari va institut faxriylari ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ta’lim va bandlik masalalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar.
Shuningdek, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan xotin-qizlarning hayotiy tajribalari yoshlar uchun motivatsion namuna sifatida e’tirof etildi.
Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_manaviyat | @dtpi_yoshlari



Manba: t.me/dtpi_uz/57079