Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Bugun DTPIda imkoniyati cheklangan talabalar uchun keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida talabalar o‘rtasida shaxmat-shashka hamda armrestling sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ularning faolligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash va iqtidorini namoyish etish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Tadbir davomida institut rektori O. Ruziyev so‘zga chiqib, mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolarga, xususan yoshlar va talabalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Rektor o‘z nutqida Paraolimpiya musobaqalarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz nufuzini olamga tanitayotgan sportchilar – jumladan, Asila Mirzayorova va boshqa muvaffaqiyatli para-sportchilarning iroda va yutuqlari talabalar uchun yorqin namuna ekani ta’kidlandi.

DTPI Matbuot xizmati

Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Imkoniyati cheklangan talabalar uchun tashkil etilgan sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Manba: t.me/dtpi_uz/48677

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish