Indoneziya Ta’lim Universiteti bilan magistratura bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Indoneziya Ta’lim Universiteti (Indonesia University of Education) o‘rtasida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari va xalqaro hamkorlik shartnomalarini tuzish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Zoom platformasi orqali ta’lim dasturlarini amalga oshirish istiqbollari, hamkorlik yo‘nalishlari hamda shartnoma shartlarini atroflicha muhokama qildilar.
DTPI nomidan quyidagi mas’ullar ishtirok etdilar:
B. Nazirov -O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, Sh. Mahmudov-Magistratura bo‘limi boshlig‘i, Xorijiy til va adabiyoti yuqori va quyi kurslar kafedrasi mudirlari, o‘qituvchilari B.Sodiqova, M.Sobirjonova, S.Saidov - quyi kafedra f.f.f.d.(PhD), dotsenti vazifasini bajaruvchisi, B. To‘g‘ayev va N.Shomurodovalar ishtirok etishdi.


Manba: t.me/dtpi_uz/63369