Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti UPI Cibiry Kampusi direktori Deni Darmavan hamda professor Neni Herlina institutimizga tashrif buyurib, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari, ilmiy va ta’lim sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, yangi hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha kelgusidagi rejalar belgilandi.

Kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar va dasturlar orqali ta’lim sifatini oshirish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda.

Ushbu tashrif doirasida mavjud xalqaro memorandum doirasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Pedagogika fakulteti va 3 ta kafedra o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi:

Pedagogika va psixologiya

Maktabgacha ta’lim

Axborot texnologiyalari

Ushbu kelishuvlar xalqaro ilmiy va akademik almashinuv, qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Indoneziyaning Pendidikan universiteti (UPI) bilan hamkorlik kengaymoqda

Video: YouTube’da ko‘rish

Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2), dtpi.uz (3)

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish