Indoneziyaning Universitas Yudharta Pasuruan bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi O‘rozov Faxriddin Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan inklyuziv ta’lim yo‘nalishidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Indoneziyaning Universitas Yudharta Pasuruan universiteti bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutiladi.
Ushbu xalqaro hamkorlik DTPI professor-o‘qituvchilari va talabalarining xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan tajriba almashishi hamda ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.





Manba: dtpi.uz