Indoneziyaning UPI professorlari ishtirokida ilmiy seminar-trening
DTPIda 2026-yil 29-aprel kuni xalqaro hamkorlik doirasida Indoneziyaning nufuzli Universitas Pendidikan Indonesia professorlari ishtirokida yuqori saviyada ilmiy seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur nufuzli tadbirda xalqaro ilmiy hamjamiyatda tan olingan, Scopus bazasida indekslangan ilmiy ishlari bilan e’tirof etilgan yetakchi xorijiy olim, 400 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan Q1 darajadagi xalqaro jurnallarda faol muallif hamda tahrir hay’ati a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan professor Asep Bayu Dani Nandiyanto – tayanch doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro tajribalarni o‘zlashtirish hamda global ilmiy maydonga integratsiyalashish borasida seminar darslari o‘tdi.
Ushbu seminar-trening DTPIda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55105