“Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi
Pedagogika fakulteti Pedagogika psixologiya kafedrasi p.f.f.d (PhD)., dotsenti Sh.Mahmudov, B.Shaximardonova va I.Turdiyevalar hammuallifligidagi ‘‘Inklyuziv ta’lim.Gospital pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Fakultet axborot resurs markazida ushbu qo‘llanmaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va kutubxona fondiga 30 donasi tuhfa etildi.
Bugungi kunda ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim va uni o‘qitishning amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu yo‘nalishdagi dolzarb masalalar bayon etilgan, o‘qitishning samarali yo‘llari ko‘rsatilgan qo‘llanma professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Manba: t.me/dtpi_uz/56878