Iqtidorli talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Denov tumani Yoshlar ishlari agentligi Denov tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Bekmurot Bobotov ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlarning duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Yig‘ilish so‘ngida Yoshlar ishlar agentligi tomonidan “Yoshlar forumi 2024” doirasida bildirilgan yoshlar huquqlari, global muammolar va jamiyat rivojiga qaratilgan takliflari hamda innovatsion go‘yalari uchun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bir qator yoshlari taqdirlandi.



Manba: t.me/dtpi_uz/32217