Iqtidorli talabalar bilan uchrashuv-seminar bo‘lib o‘tdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i I.I. Sattorov iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda qanday ma’lumotlar berildi?
Davlat stipendiyalari: Hujjat topshirish tartibi, saralash mezonlari va ilmiy talablar;
Startap va prototiplar: Innovatsion g‘oyalarni amaliy sinovdan o‘tkazish va tayyor mahsulot (prototip)ga aylantirish bosqichlari;
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi: Ishtirok etish shartlari va loyihalarni muvaffaqiyatli himoya qilish sirlari.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.


Manba: t.me/dtpi_uz/60309