“IT Queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovi o‘tkazildi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida “IT queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovi tashkil etildi.
Tanlovni institut rektori O.Ro‘ziyev ochar ekan, o‘z so‘zida bugungi raqamli davrda axborot texnologiyalarini puxta egallagan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, talaba-qizlarning IT sohasiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va zamonaviy texnologiyalar sohasida o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun bunday tanlovlarning ahamiyati katta ekanini qayd etdi.
Tanlov davomida ishtirokchi talaba-qizlar o‘zlarining IT, raqamli texnologiyalar, dasturlash, innovatsion loyihalar va kreativ g‘oyalari bilan qatnashib, bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.
Mazkur tanlov yosh qizlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning texnologik savodxonligini oshirish, ijodkorlik va innovatsion fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, kelajakda IT sohasida faoliyat yuritadigan iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
“IT queens – kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi talaba-qizlarning bilim, tashabbus va innovatsion salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘ldi.

Manba: t.me/dtpi_uz/60323