IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovi yakunlandi
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ko‘rsatmasiga muvofiq, Toshkent davlat transport universitetida oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari o‘rtasida «IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar» respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tanlov talaba-qizlarning axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi iqtidorini yuzaga chiqarish, qizlar o‘rtasida dasturlash hamda innovatsion g‘oyalarni keng ommalashtirish, shuningdek, zamonaviy IT-sohasida xotin-qizlarning ulushini oshirish maqsadida tashkil etildi.
Quvonarlisi, ushbu nufuzli respublika tanlovida institutimiz Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Xasanova boshchiligida Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti «Kompyuter injeneringi» yo‘nalishi talabalari Xursanova Gulnigor Sharifjon qizi hamda Uralova Marjona Abdusalom qizi muvaffaqiyatli va faol ishtirok etishdi.
O‘zlarining innovatsion ishlanmalari va dolzarb IT-loyihalari bilan hakamlar hay’ati e’tiborini qozongan talabalarimiz institutimiz sharafini munosib himoya qilishdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/61429