“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining viloyat bosqichi
Termiz davlat universitetida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, robototexnika va innovatsion ishlanmalarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tanlovda viloyatdagi davlat oliy ta’lim muassasalarining ichki bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli va shijoatli talaba-qizlar ishtirok etib, o‘zlarining ilm-fan, axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or g‘oyalari hamda amaliy ishlanmalarini namoyish etdilar.
Tanlov ishtirokchilari dasturiy ta’minot, veb-ishlanmalar, mobil ilovalar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli ta’lim, avtomatlashtirilgan tizimlar, mexatronika va robototexnika kabi istiqbolli yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini taqdim etdilar.
Quvonarlisi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talaba-qizlari 8 ta yo‘nalishning barchasida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yuqori natijalarni qayd etdilar.
DTPI talaba-qizlarining natijalari:
1-o‘rin — “Eng yaxshi raqamli ta’lim yechimi”
Uralova Marjona Abdusalom qizi
1-o‘rin — “Eng yaxshi sun’iy intellekt yechimi”
Xursanova Gulnigor Sharifjon qizi
2-o‘rin — “Eng yaxshi veb-ishlanma”
Yo‘ldosheva Laylo Suxrob qizi
2-o‘rin — “Mexatronika va robototexnika”
Toshpo‘latova Sohiba Ashurali qizi
2-o‘rin — “Eng yaxshi kiberxavfsizlik yechimi”
Soatmurotova Sevinch G‘ayratjon qizi
2-o‘rin — “Eng yaxshi dasturiy yechim”
To‘raxonova Nazokat Alisher qizi
2-o‘rin — “Eng yaxshi mobil ilova”
G‘offorova Nigina Sunatullo qizi
3-o‘rin — “Eng yaxshi avtomatlashtirilgan tizim”
Abdullayeva Mahbuba Habubulayevna
Mazkur natijalar institutimizda yoshlarning, xususan, talaba-qizlarning IT, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy samarasidir.
“IT Queens” tanlovi yosh qizlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
G‘olib va sovrindor talaba-qizlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusidagi ilmiy-ijodiy izlanishlari, innovatsion loyihalari va yangi marralarida ularga ulkan zafarlar tilaymiz!



Manba: t.me/dtpi_uz/61115