“Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

“Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi Abdukadirov Ikrom Toxirovich ishtirokida “Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad institut tadqiqotchilari va olimlariga intellektual mulk obyektlari, xususan, ixtirolar va foydali modellarni huquqiy muhofaza qilish, ularni patentlash tartibi hamda patent olish bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida intellektual mulk sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish va ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ilmiy-ijodiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur seminar talabalarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini kengaytirish, ilmiy ishlanmalarni huquqiy himoya qilishning ahamiyatini anglash va kelgusidagi innovatsion faoliyatlari uchun zarur bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

“Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

“Ixtirolar va foydali modellar” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

Manba: t.me/dtpi_uz/62652

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish