Karyera festivali xalqaro hamkorlik maydoniga aylandi
Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamkorligida amalga oshirilgan “Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbiy tayyorlash bo‘yicha Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish” loyihasining yopilish marosimi hamda Karyera festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari qatorida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Maftuna Ashurova ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida ta’lim va xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi tajribalar almashilib, loyiha doirasidagi samarali hamkorlik alohida e’tirof etildi.
Rasmiy sahifalarimiz


Manba: t.me/dtpi_uz/58367