“Karyera kuni” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

“Karyera kuni” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Xorijiy til va adabiyoti (yuqori kurslar) kafedrasi tashabbusi bilan 2026–2027-o‘quv yili bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Denov va Oltinsoy tumanlari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari xodimlari, shuningdek, o‘quv markazlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ish beruvchilar hamda bitiruvchi talabalar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari va bugungi mehnat bozorining talablari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir bitiruvchilarning kelajakdagi kasbiy faoliyatini belgilash, ish beruvchilar bilan bevosita aloqalar o‘rnatish hamda ularning bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

“Karyera kuni” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

“Karyera kuni” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

“Karyera kuni” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

Manba: t.me/dtpi_uz/63233

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish