“Karyera kuni — imkoniyatlar kuni”: bitiruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi
DTPIda “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Karyera kuni” – imkoniyatlar kuni” shiori ostida “Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bo‘sh ish o‘rinlari uchun mehnat yarmarkasida faol ishtirok etishdi.
“Karyera kuni” ning o‘tkazilishidan asosiy maqsad ham bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, ularni amaliy ish faoliyatiga tayyorlash, ishga joylashishlariga ko‘maklashish va bo‘lajak mutaxassislar sifatida mehnat bozoriga integratsiyasini yengillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda DTPIda 2024-2025-o‘quv yilida o‘qishni tugatgan hamda ishga joylashmagan Jarqo‘rg‘onlik 20 nafarga yaqin talabalar o‘z ish joylariga ega bo‘lishdi.
“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi doirasida tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
DTPI Matbuot xizmati


Manba: t.me/dtpi_uz/41605