“Karyera kuni” mehnat yarmarkalari: bitiruvchilar ish beruvchilar bilan uchrashdi
🏻 Bugungi kunda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra, 33 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 7712 nafar talaba, 17 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 333 nafar talaba ta’lim olmoqda. 2025–2026 o‘quv yilida institutni jami 2024 nafar talaba bitirishi kutilmoqda.
Bitiruvchi talabalarni ish bilan band qilish hamda ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida vazirlikning 2026-yil 5-martdagi 84-son buyrug‘iga muvofiq institutda “Karyera markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur markaz talabalarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashgan barcha talaba-yoshlar uchun 152 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud 1500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdilar. Tadbir davomida 171 nafar talaba ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/53486