“Karyera kuni” mehnat yarmarkasida ishga joylashish shartnomalari imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 5-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan “Workshop” hamda mehnat yarmarkalari “Karyera kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 84-sonli buyrug‘i ijrosi bo‘yiicha DTPIda 2026-yil 31- mart kuni bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi va “Karyera kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut rektori O.A.Ruziyev kirish so‘zi bilan ochdi va “Karyera kuni” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasining maqsadi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi A.N.Normamatov so‘zga chiqib, tumandagi mavjud jamoalar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tashrif buyurganini e’tirof etdi.
Tadbir davomida 171 nafar talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.






Manba: dtpi.uz (1), dtpi.uz (2)