“Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti”: maktab o‘qituvchilari uchun seminar-trening
“Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portalini yuritish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar-trening davom etmoqda
Denov tumanidagi 82-sonli umumta’lim maktabida 2026-yil 10–13-noyabr kunlariga rejalashtirilgan to‘rt kunlik o‘quv-amaliy seminar-treningning uchinchi kun mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Seminar-trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-345-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan.
Mashg‘ulotlar Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi dotsenti N.I.Xasanova tomonidan olib borildi.
Seminar davomida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, milliy va xalqaro qonunchilik talablari, shuningdek, mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari atroflicha yoritilmoqda. Ishtirokchilarga xavfsiz, sog‘lom va o‘zaro hurmatga asoslangan mehnat muhitini shakllantirish, huquqiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash yuzasidan zarur tushunchalar berilmoqda.


Manba: t.me/dtpi_uz