“Kelajak tadbirkori – 2026” — bandlik va tadbirkorlik sari muhim qadam

“Kelajak tadbirkori – 2026” — bandlik va tadbirkorlik sari muhim qadam

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasblarga yonaltirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tmoqda.

Yarmarka ishtirokchilar uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etmoqda:

Bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari bilan tanishish;

Ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilich;

Tadbirkorlikni rivojlantirish va moliyaviy ko‘mak imkoniyatlari haqida ma’lumot olish.

Yarmarkaning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘nalishini belgilashga ko‘maklashish hamda biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Tashkilotchilar: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Milliy banki, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi.

Tabdirda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz: @dtpi_uz @Dtpi_yoshlari

“Kelajak tadbirkori – 2026” — bandlik va tadbirkorlik sari muhim qadam

“Kelajak tadbirkori – 2026” — bandlik va tadbirkorlik sari muhim qadam

“Kelajak tadbirkori – 2026” — bandlik va tadbirkorlik sari muhim qadam

Manba: t.me/dtpi_uz/62626

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish