“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha prorektorlar va dekanlar uchun seminar-trening

“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha prorektorlar va dekanlar uchun seminar-trening

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi 61-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, respublika “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi bo‘limi boshlig‘i Behruz Ostonov, Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi “Kelajakka qadam” markazi loyiha menejeri Alpjamol Ergashev hamda institut “Kelajakka qadam” markazi mas’ul xodimi Sherqo‘zi Jo‘raqulovlar ishtirok etishdi.

Seminar-trening davomida bitiruvchi bosqich talabalari bilan o‘z-o‘zini ish bilan band qilish, maqsadli kreditlardan foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Mutaxassislar tomonidan zarur tushunchalar berilib, kredit olish tartibi va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha prorektorlar va dekanlar uchun seminar-trening

“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha prorektorlar va dekanlar uchun seminar-trening

“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha prorektorlar va dekanlar uchun seminar-trening

Manba: t.me/dtpi_uz/51495

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish