“Kelajakka qadam” markazi: bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘mak
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 20-martdagi 114-sonli buyrug‘i, shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ Boshqaruv raisi tomonidan 2025-yil 12-martda imzolangan “Kelajakka qadam” markazi faoliyatini tashkil etish tartibi ijrosini ta’milash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Kelajakka qadam” markazining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda, “Kelajakka qadam markazi”da bitiruvchi kurs talabalari o‘z biznes g‘oyalarini taqdim etib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha savollariga javob olmoqda.





Manba: dtpi.uz