“Kelajakka qadam”: O‘zmilliybank mutaxassislari Pedagogika fakulteti bitiruvchilari bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14 fevraldagi 61- sonli qarorining amaldagi ijrosi yuzasidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida O‘zmilliy Bank AJ Denov BXM Davlat Dasturlarini Moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i U. Jo‘rayev va loyihalash menejeri S. Malikov hamda institutning "Kelajakka qadam" markazi mas’ul xodimi Sh.Jo‘raqulovlar ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan seminar-trening tashkil etildi.
Jarayonda talabalarga o‘z-o‘zini ish bilan band qilish, maqsadli kreditlar olish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish xususida mas’ullar tomonidan tushunchalar berildi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi, kerakli tavsiyalar berilib kreditlar yuzasidan to‘liq ma’lumotlar bilan tanishtirildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/49162