“Kelajakka qadam” — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida NBU bank tomonidan tashkil etilgan “Talaba EXPO” yarmarkasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) talabalari hamda professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Mazkur yarmarka yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonligini oshirish hamda istiqbolli loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir davomida talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, yangi tajribalar orttirish, o‘zaro fikr almashish hamda kelajakdagi biznes tashabbuslari uchun muhim aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ldilar.
DTPI — bilimli, tashabbuskor va zamonaviy fikrlaydigan yoshlar maskani! Yoshlarning har bir g‘oyasi — kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam!



Manba: t.me/dtpi_uz/62610