Korrupsiya va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri
Joriy yilning 4-may kuni DTPI Aniq va tabiiy fanlar hamda Filologiya fakultetlari 1–2-bosqich talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat bo‘limi boshlig‘i v.v.b. Sh. Mirzaqulov hamda institut psixologlari qatnashdi. Sh. Mirzaqulov o‘z chiqishida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri va fuqarolarning bu boradagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, institut psixologlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 20-apreldagi 150-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan talaba-qizlar o‘rtasida shilqimlik, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan choralar haqida tushuntirish berib, murojaat qilish uchun “himoya_otv_bot” hamda 1006 ishonch telefoni faoliyati bilan tanishtirdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55500