Maktab va oliy ta’lim hamkorligi: Milliy sertifikatga tayyorlov va “Ochiq eshiklar kuni”
11-sinf bitiruvchilari uchun Milliy sertifikatga tayyorlov darslari yo‘lga qo‘yildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ro‘ziyev tashabbusi bilan ta’lim sifati bo‘yicha «qizil» toifaga kiritilgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim salohiyatini oshirish hamda ularni oliy ta’limga tayyorlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Denov tumanidagi 43-sonli umumta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlik asosida 11-«B» sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlov mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yildi.
Mashg‘ulotlar institutning O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari B. Suyunov, N.Nabiyeva N.Saitova N.Ro‘zimurodovalar tomonidan olib borilmoqda.
Darslar davomida o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, test topshiriqlari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish hamda Milliy sertifikat imtihonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Asosiy maqsad — «qizil» toifadagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini yaxshilash, ularning Milliy sertifikatga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Mazkur tashabbus oliy ta’lim muassasasi va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish hamda maktab ta’limi sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
60-SONLI MAKTAB BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARI UCHUN “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Denov tumanidagi 60-sonli umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab bitiruvchilari institutga tashrif buyurib, oliy ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, o‘quvchilar institutda olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan muloqot qildilar.
Ayniqsa, institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik aloqalari, xalqaro ta’lim dasturlari va talabalar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Denov tumanidagi 100-maktab bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi S.Xidirov tomonidan yoshlarimiz kutib olinib mazmunli va esda qolarli uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida mehmonlar institut hayoti, mavjud yo‘nalishlar hamda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan bitiruvchilarga pedagog kasbining ahamiyati, uning jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, amaliy mashg‘ulotlar haqida ham qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar auditoriyalar, kutubxona, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan xonalarni ko‘zdan kechirdilar. Bu esa ularning kelajakdagi kasb tanlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Rasmiy sahifalarimiz: @Dtpi_uz | @dtpi_yoshlari




