Malayziya universiteti bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuv
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi tomonidan Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri (dunyo reytingida 136 o‘rinda)— Putra Universiteti bilan hamkorlik doirasida yozgi maktab (Summer School) dasturi bilan tanishish maqsadida ZOOM platformasi orqali videokonferensiya tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar:
-yozgi maktab dasturining mazmuni,
-ishtirok etish shartlari,
-ta’lim jarayoni va imkoniyatlari hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha atroflicha ma’lumot almashdilar.
Mazkur onlayn uchrashuv institutimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Xalqaro hamkorlik — sifatli ta’lim sari muhim qadam!



Manba: t.me/dtpi_uz/49955