Malayziyaning Universiti Utara Malaysia olimlari DTPIga tashrif buyurdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish maqsadida Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM) universiteti olimlari tashrif buyurdi.
Tashrif buyurgan olimlar:
Prof. Dr. Hasniza binti Nordin — dotsent (Associate Professor);
Dr. Nor Ain binti Mohamad Hadis — katta o‘qituvchi (Senior Lecturer).
16–18-noyabr kunlari xorijiy mutaxassislar tomonidan institutning Pedagogika fakultetida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, bolalar psixologiyasi, inklyuziv ta’lim hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’limda samarali foydalanish bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashrif professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun xalqaro tajriba almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, shuningdek, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.






Manba: dtpi.uz