Ma’rifat darsi: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Ma’rifat darsi: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Filologiya fakultetida "Ma’rifat darsi" mashg‘uloti “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.

Talabalar jamiyatda, oilada va ta’lim muassasalarida uchrashi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik turlari, ularning oqibatlari va oldini olish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Darsni “Tarix va falsafa” kafedrasi o‘qituvchisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori N. Xasanova olib bordi.

U psixologik, jismoniy, iqtisodiy va kiber zo‘ravonlik xususiyatlari hamda ularning oqibatlarini sodda misollar bilan tushuntirdi.

Shuningdek, muammo yuzaga kelganda murojaat qilish tartibi, qonuniy himoya yo‘llari va sog‘lom muloqotning ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Tadbirda talabalar bilan savol-javob o‘tkazilib, foydali tavsiyalar berildi.

Mashg‘ulot yoshlarda zo‘ravonlikka murosasiz munosabat, huquqiy savodxonlik va totuvlikni qadrlash tuyg‘usini mustahkamladi.

DTPI Matbuot xizmati

Ma’rifat darsi: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Ma’rifat darsi: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Ma’rifat darsi: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz”

Manba: t.me/dtpi_uz/48053

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish