“Men ham volontyor bo‘la olamanmi?” – seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti:ingliz tili ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich 205-guruh talabasi Ahatova Dilshoda Bahodir qizi tomonidan seminar tashkil qilindi va talabalarga volontyorlik faoliyatining mazmuni, uning jamiyat va shaxs rivojidagi ahamiyati, shuningdek, mahalliy va xalqaro imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar real loyihalar va amaliy tajribalar bilan tanishdilar.
Trening jarayonida turli interaktiv o‘yinlar tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdilar.
Seminar yakunida: — Faol talabalarga sertifikatlar topshirildi
— “Eko chorlov” loyihasida alohida faollik ko‘rsatgan talabalar ishonch yorliqlari bilan taqdirlandi.



Manba: t.me/dtpi_uz/55036