Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir

Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida muhim ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti (N. Dobrolyubov nomidagi) bilan tuzilgan Hamkorlik memorandumi asosida 2025–2026 o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida rus va ingliz tillari bo‘yicha nufuzli xalqaro onlayn olimpiada yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mazkur intellektual bellashuvda institutimizning 60 nafarga yaqin bitiruvchi talabalari faol ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qildilar. Olimpiada Rossiya Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 10 ta imtiyozli kvota uchun kurashish imkonini yaratdi.

Tadbir jarayoni ochiqlik, shaffoflik va yuqori tashkiliy saviya asosida olib borildi. Ishtirokchilar nafaqat til bilimlari, balki xalqaro akademik mezonlarga mos kompetensiyalari bilan ham ajralib turdilar.

Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir

Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir

Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlik doirasida ilmiy-ma’rifiy tadbir

Manba: t.me/dtpi_uz/51588

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish