Nijniy Novgorodlik hamkorlar tashrifi
Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida ijobiy ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Institutimiz tashkil topgan kunga 5 yil to‘lishi munosabati bilan Rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan 2025-yil 25-26 aprel kunlari o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida institutimizga mazkur oliygohning Rus tili lnstituti direktori Golubeva Kristina Grigoryevna, Xalqaro jurnalistika kafedrasi dotsenti, Sharqshunoslik ilmiy ta’lim markazi direktori Boyev Eradj Begidjanov, O‘zga va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Natalya Vladimirovna Gujovalar tashrif buyurdilar.



Manba: t.me/dtpi_uz/36871