“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” davra suhbati

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” davra suhbati

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular uchun yaratilayotgan ijtimoiy, ta’limiy va huquqiy imkoniyatlar to‘g‘risida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning bilim va tushunchalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.

Davra suhbati davomida ijtimoiy himoya sohasidagi muhim yangiliklar, amaldagi qonun hujjatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun belgilangan huquqiy kafolatlar, imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ta’lim olish, kasb-hunar egallash, mehnat qilish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda nogironligi bo‘lgan talabalarni institutning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoatchilik tadbirlariga faol jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli mutaxassislardan huquqiy va amaliy tushuntirishlar oldilar.

Tadbir yakunida inklyuziv muhitni yanada rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda ularning jamiyatdagi faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Rasmiy sahifalarimiz: @Dtpi_uz @Dtpi_yoshlari

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” davra suhbati

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” davra suhbati

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” davra suhbati

Manba: t.me/dtpi_uz/60341

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish