Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni

Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida "Ochiq eshiklar kuni" doirasida institutga biriktirilgan Oltinsoy tumanidagi 27-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Xorijiy til va adabiyoti quyi kurslar kafedrasi mudiri, V.Tangriyev o‘quvchilarga institutda yaratilgan ta’lim va tarbiya sharoitlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Mehmonlar biologiya laboratoriyalari, issiqxona sharoitlari, Axborot-resurs markazi (ARM) imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qiziqishlarga ko‘ra qo‘shimcha faoliyatlar bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan karyera markazi faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.

Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni

Ochiq eshiklar kuni

Manba: t.me/dtpi_uz/38690

O‘XSHASH MAVZULAR

Yana o‘qing

HAMKORLIK

Barqaror kelajakni birga quramiz.

Ta’lim, ilm-fan, yashil kampus va xalqaro hamkorlik bo‘yicha tashabbuslaringizni DTPI bilan birga rivojlantiring.

Hamkorlik uchun bog‘lanish