“Og‘usiz hayot sari”: talabalar o‘rtasida profilaktik tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-sonli “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida “Og‘usiz hayot sari” shiori ostida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda institut profilaktika inspektori S.Suvonova ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbir davomida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda giyohvandlikka qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat hamda inson salomatligiga ta’siri yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/51075