Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish bo‘yicha tadbir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-sonli qarori 3-ilova 15-bandi ijrosi ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqani tashkil etishdan maqsad mamlakatimizdagi xotin-qizlarning sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, ularda umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvar qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishdan iborat.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
-o‘rin Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetining “Falkon” qizlar jamoasi
-o‘rin Filologiya fakultetining “Shijoatli qizlar” jamoasi
-o‘rin Pedagogika fakulteti “Jasoratli qizlar” jamoasi
-o‘rin Aniq va tabiiy fanlar fakultetining “Adolat” qizlar jamoasi egalladilar.
G‘olib bo‘lgan jamoa qizlariga faxriy yorliqlar va kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.



Manba: t.me/dtpi_uz/37901