“Olimlar va ixtirochilar tashrifi” dasturi: Fanlar akademiyasi olimasi talabalar bilan uchrashdi
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga taniqli olimlar, ixtirochilar va muhandislarning tashrifi dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi Rasulova Xalida Abdulxayevna va Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Rasulova Xurshidaxon Abduboriyevnalar institutimizga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida olima ayollar institut professor-o‘qituvchilariga Davlat dasturlari va Xorijiy grant loyihalari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy, innovatsion va start-up loyihalar borasida seminar-trening mashg‘ulotlarini olib bordilar. Shuningdek institutda mavjud laboratoriya jihozlar bilan ham yaqindan tanishishdi.



Manba: t.me/dtpi_uz/32575